35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
Aholi salomatligi yo‘lida muhim tashabbus!

Aholi salomatligi yo‘lida muhim tashabbus

 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyaga asosan Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati bo‘yicha Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashiga XDP partiyasidan saylangan deputat Ziyo Parizod tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi 17-sonli Oilaviy poliklinikada aholi salomatligini muhofaza qilish, xususan ayollarda onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash maqsadida bepul mammografik skrining tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat bosh mutaxasissi hamda partiya vakillari ishtirok etdi.

Mazkur tibbiy ko‘rik jarayonida Respublika onkologiya va radiologiya markazi mutaxassis shifokorlar tomonidan ayollarni chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi. Ayniqsa, kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash orqali ularning oldini olish, davolash samaradorligini oshirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Ko‘rik davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan sog‘liq bilan bog‘liq muammolar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi hamda zarur hollarda qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tish uchun yo‘llanmalar rasmiylashtirildi. Bu esa aholining sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida deputat tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Aholi salomatligini mustahkamlash, profilaktik ko‘riklarni tizimli ravishda tashkil etish hamda tibbiy xizmatlar sifati va qulayligini oshirish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

Bunday bepul tibbiy ko‘riklarning muntazam tashkil etilishi aholi o‘rtasida kasalliklarni erta aniqlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash, fuqarolarning sog‘lig‘iga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish hamda jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 11