35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

📨 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Dilfuza Egamqulova tomonidan qonunchilikka muvofiq, Oqoltin tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Siddiq Tursunboyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

💧So‘rovda ko‘tarilgan masala:

A.Navoiy mahallasi Sayxun ko‘chasida 2025-yilda qurilgan ichimlik suv inshooti (bashnya) qudug‘idan chqayotgan suvining sifati yuzasidan aholi tomonidan murojaatlar tushmoqda.

Sizdan, yuqoridagi murojaatni vakolatingiz doirasida mutaxassislarni jalb qilgan holda A.Navoiy mahallasi Sayxun ko‘chasidagi ichimlik suvning iste’molga yoroqlilik darajasini O‘zDST 950:2011 standartiga muvofiqligi baholash yuzasidan lobaratoriya tahlili o‘tkazilishi hamda rasmiy xulosangizni taqdim qilishingizni so‘raymiz.

✅ Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati