35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
янв.21
📊 Deputat so‘rovlari ijrosi:
янв.21
Jiydali mahallasida kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati S.Ishimova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi fuqorolar murojaatini o‘rganish jarayonida ishtirok etdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy yechim topdi
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari

“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari

Navoiy shahrida aholi farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda zamonaviy shahar muhitini shakllantirishga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi. Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 2026-yil 21-apreldagi VII-21-32-5-79-K/26-sonli qaroriga muvofiq, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun manzilli dastur tasdiqlandi.

Ushbu qaror doirasida, ayniqsa, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi asosida Navoiy shahridagi mahallalarni har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va qurilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalar doirasida mahallaning markazini zamonaviy talablar asosida shakllantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bolalar va sport maydonchalari, yashil xiyobon, piyodalar yo‘laklari hamda avtoshohbekat barpo etiladi. Ushbu maqsadlar uchun jami 5 000,0 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish, resurs tejovchi infratuzilmani jadal rivojlantirish uchun 780,0 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu esa aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, ichki yo‘llar, piyodalar va velo yo‘laklarni ta’mirlash va barpo etish, aholi gavjum maskanlarni obod qilish ishlariga 2 570,0 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Ushbu chora-tadbirlar shahar infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Qabul qilingan qaror Navoiy shahridagi mahallalarni yangi bosqichga olib chiqish, aholining turmush darajasini oshirish hamda “Yangi O‘zbekiston” g‘oyalarini amalda ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6