Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘allaorol tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Jamoatchilik nazorati
янв.21
Mehr ulashib
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Savruk qishlog‘ida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ichimlik suvi taʼminoti masalasini oʻrganmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Tozaurug‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasida oilaviy tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Gʻallaorol tumanida deputatlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi
Ijtimoiy soha va yoshlar siyosati doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Ijtimoiy soha va yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, tumanda sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tegishli bo‘limning 2025-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.

Shuningdek, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha mavjud normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi holati yuzasidan tuman Hunarmandlar uyushmasi raisi X. Kazakovning hisoboti eshitildi va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi doirasida tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri N. Saparovaning hisoboti ham ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 4