Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
G‘allaorol tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Jamoatchilik nazorati
янв.21
Mehr ulashib
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Savruk qishlog‘ida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari ichimlik suvi taʼminoti masalasini oʻrganmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Tozaurug‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasida oilaviy tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Gʻallaorol tumanida deputatlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi
Deputat tomonidan “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan tumandagi “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida markazda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iqtidorlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, markazda bugungi kunda 49 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda. Ushbu to‘garaklarga 1600 nafar o‘quvchi jalb qilingan bo‘lib, ular 14 xil yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib kelmoqda.

O‘rganish davomida to‘garak mashg‘ulotlari jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonining sifati bilan tanishildi. Shuningdek, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 2