Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Yangiobod MFYdagi suv ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Yangiobod MFYdagi suv ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘. Omonov Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov bilan birgalikda o‘zi saylangan Yangiobod MFY hududidagi texnoparkda faoliyat yuritayotgan suv ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida suv ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot sifati va aholiga yetkazib berish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar uchun ichimlik suvining sifatli, xavfsiz va hamyonbop bo‘lishi, kundalik ehtiyojlarni qondirishda mahsulotning mavjudligi hamda aholiga qulaylik yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 7