Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
POYTAXT METROPOLITENI FAOLIYATI VA YO‘LOVCHILARGA XIZMAT KO‘RSATISH SHAROITLARI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️POYTAXT METROPOLITENI FAOLIYATI VA YO‘LOVCHILARGA XIZMAT KO‘RSATISH SHAROITLARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev bilan birgalikda jamoat transporti faoliyati va transport infratuzilmasi holati yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlarini davom ettirdi.

🚇 O‘rganishlarning navbatdagi manzili tashrif dasturida qayd etilgan Paxtakor/Oybek metro bekati bo‘ldi. Deputatlar va mutasaddilar metropoliten faoliyati, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda metro transportidan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🔺 Jarayonda yo‘lovchilar harakatini tartibli tashkil etish, metro qatnovlarining muntazamligini ta’minlash, bekat infratuzilmasining holati hamda transport xizmatlaridan foydalanishda qulaylik va xavfsizlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🚆 Shuningdek, yo‘lovchilar oqimini boshqarish, metro va boshqa jamoat transporti turlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilash, fuqarolarning manziliga qulay va o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

🗣 “Toshkent metropoliteni” AJ hamda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi mas’ullari bilan metropoliten xizmatlari sifatini oshirish, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish va yo‘lovchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

📋 O‘rganish davomida jamoat transporti tizimining o‘zaro uyg‘un faoliyat yuritishi, yo‘lovchilar xavfsizligi va transport xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.

➡️ Toshkent shahrida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishi va transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10