Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#162_ta_qonun
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi S.Safarov Sherobod tumani hokimligining ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Z.Xolsaparov bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-son Farmoni ijrosi doirasida tuman hokimligida aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

📝 Suhbat davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar hamda ularni tegishli tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

🔹 Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashda amaliyotda qo‘llanilayotgan usullar, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va fuqarolar bilan samarali muloqot olib borish masalalari muhokama qilindi.

🤝Suhbat davomida aholi murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishidagi tajriba va amaliy yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3