Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
B.Marg‘iloniy mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Alijonova hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi hududidagi “B.Marg‘iloniy” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, avvalo, mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, ishsiz fuqarolarni doimiy va daromadli mehnatga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati ham deputatlik nazoratidan chetda qolmadi. Yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar mas’ullar bilan muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Aniqlangan muammolar deputatlik nazoratiga olinib, ularning amaliy yechimi bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5