Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 34-Paxtakor saylov okrugi deputati A.Raxmonov hamda tuman Kengashi raisi R.Tashpulatov Birlashgan mahallasida joylashgan madaniyat saroyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida madaniyat saroyida aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Madaniyat saroyining mavjud shart-sharoitlari, to‘garaklar faoliyati, madaniy tadbirlarni tashkil etish imkoniyatlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Muloqot davomida madaniyat saroyi faoliyatini yana-da takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va mahalla aholisi uchun yana-da qulay madaniy muhit yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Tashrif yakunida madaniyat va ma’rifat maskanlarining mahalla hayotidagi o‘rnini yana-da kuchaytirish, aholi, xususan, yoshlarni madaniy tadbirlarga keng jalb etish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3