Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamolov ishtirokida shahardagi mahallalarda navbatdagi oʻrganish tadbirlari oʻtkazildi.

 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamolov ishtirokida shahardagi mahallalarda navbatdagi oʻrganish tadbirlari oʻtkazildi.

🇺🇿Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamolov 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Shakarqishloq” hamda “Iftixor” MFYlarida bo‘ldi. Mas’ul tomonidan mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan oilalarning turmush tarzi yaqindan o‘rganildi.

➡️ O‘rganishlar davomida mahallalardagi “mahalla yettiligi” faoliyati, xususan:

🔖 “Shakarqishloq” MFYda: “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan oilalarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish borasidagi ishlar holati o‘rganilib, mahalliy ma’muriy binoda mavjud hujjatlar va yettilikning amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi;

🔖 “Iftixor” MFYda: Ehtiyojmand qatlamni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar ko‘zdan kechirilib, idoralararo hamkorlik va yettilik hisobotlari tinglandi.

⌛ Jarayon davomida har ikki mahallaning ma’muriy binolarida “yettilik” a’zolarining kundalik faoliyati, hujjatlar yuritilishi va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

✅ Tadbir yakunida hududlardagi mas’ullarga reyestrdagi fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud vazifalarni sifatli bajarish va ijro intizomini ta'minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "

"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"

📱 Telegram (https://t.me/farkengashrasmiy) |📱 Facebook (https://www.facebook.com/share/1NDKSni6Z5/) | 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@%D0%A4%D0%B0%D1%80%D2%93%D0%BE%D0%BD%D0%B0%D1%88%D0%B0%D2%B3%D0%B0%D1%80%D0%9A%D0%B5%D0%BD%D0%B3%D0%B0%D1%88%D0%B8) | 🌐 Instagram (https://www.instagram.com/farghonashaharkengashi/) |🇺🇿 E-kengash.uz (https://kengash.gov.uz/fargonashahar)

Slide 1 of 2