Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tashabbusi bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar bandlik va mehnat bosh boshqarmasi mas’ullari bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalarni sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔺 Mazkur o‘rganishlar davomida hududlarda davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning samaradorligi, kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, tadbirkorlik loyihalarining amalda ishga tushirilishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari tahlil qilinmoqda.

📍 Dastlab o‘rganish ishtirokchilari Yangihayot tumani “Navqiron” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari hamda mahallaga biriktirilgan bank xodimlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar va ishsiz fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka yo‘naltirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda davlat dasturlari doirasidagi imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot olindi.

🏦 Shuningdek, mahallaga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, kredit mablag‘larini ajratish va ularning amaliy natijadorligini ta’minlash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

📊 Deputatlar mahalladagi mavjud holatni bevosita o‘rganib, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda amalga oshirilayotgan ishlarning aholi turmush daromadlarini oshirishdagi amaliy natijalariga alohida e’tibor qaratdi.

➡️ Sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6