Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Hududdagi investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxromov tomonidan tuman hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining ijrosi, ishlab chiqarish faoliyati hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishi holatini o‘rganish maqsadida “Nafis” mahallasi hududida joylashgan “JU FU” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida korxonada investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, yaratilgan ish o‘rinlari hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmlari bilan bog‘liq jarayonlarga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda korxonada 80 nafardan ortiq ishchi-xodim doimiy mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ishlab chiqarish jarayonlari izchil yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korxona tomonidan aholiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orqali hudud bandligini ta’minlashga ham hissa qo‘shilmoqda.
🔹 Korxonada 10 dan ortiq turdagi bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va assortimentini kengaytirish, ichki bozordagi talabni ta’minlash bilan bir qatorda, mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
📈 Shuningdek, o‘rganish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda investitsiya loyihasining belgilangan ko‘rsatkichlarini ta’minlash masalalari yuzasidan muhokama qilindi.
✅ O‘rganish yakunida investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3