Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rganish olib borildi

#Kengash_raisi_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati
#162_ta_Qonun_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi B. Botayeva tuman Ichki ishlar bo‘limida bo‘lib, biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish jarayonida voyaga yetmaganlar bilan ishlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nazoratsiz va qarovsiz qolishining oldini olish, shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

Shu bilan birga, “Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 339-son qarori ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash, ular faoliyatini tashkil etish, tarbiyaviy va profilaktik ishlarni olib borish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullardan tushuntirish va ma’lumotlar olinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda voyaga yetmaganlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3