Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
“Yangikent” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni yaratish bo‘yicha o‘rganish olib borildi

#Kengash_raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #kunlik_ish_reja_ijrosi

“Yangikent” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni yaratish bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan 8-“Yangi yo‘l” saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashevga biriktirilgan “Yangikent” mahallasida hududni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida joylashgan baliqchilik ko‘li atrofi ko‘zdan kechirilib, ushbu hududda ichki turizm va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Xususan, hududga asfalt yotqizish, piyodalar va veloyo‘laklar barpo etish, quyosh panellari orqali ishlaydigan tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, yer maydonini tekislash hamda landshaft ishlarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash, “yashil” hududlarni kengaytirish va mavjud daraxtlarni parvarishlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hududda ozodalikni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Aniqlangan masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, “Yangikent” mahallasida obodlik, tozalik va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7