Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Aholi va bolalar xavfsizligi nazoratda

Termiz shahrida Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ko‘chalarda harakat xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, maktab o‘quvchilari va piyodalarning xatarsiz harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I.Shatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Yulduz” mahallasida bo‘lib, aholi murojaatiga asosan hududdagi Mirzo Ulug‘bek kochasida holatni o‘rgandilar.

Aholi vakillari Yangi o‘quv yili boshlangani sababli Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida transport vositalari qatnovi va tezligi keskin ortganligini, bu esa hududdagi maktab o‘quvchilari, keksalar hamda piyodalar xavfsizligiga jiddiy xavf solayotganini bildirishgan.

Shu munosabat bilan, ko‘chada avtomobillar tezligini me’yorlashtirish uchun tezlikni pasaytiruvchi sun’iy notekisliklar hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatishda amaliy yordam so‘rashgan.

Murojaat va o‘rganish natijalari deputatning murojaat daftariga qayd etilib, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasiga belgilangan standartlar bo‘yicha tezlikni sun’iy pasaytiruvchi moslamalar va yo‘l belgilarini o‘rnatish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarl;ariga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 1