Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, shuningdek, “Bodomtepa” MFY nuroniylari va faollari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlar davomida hududdagi mavjud muammolar o‘rganilib, Parkent tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i M.Mirxamidovga 44-ds-485-26-son deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

⏺Deputatlik so‘rovida “Bodomtepa” MFY hududidagi eski va yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish masalasi ko‘tarilgan. Jumladan, mahalladagi homiylar mablag‘lari hisobidan 30 dona yangi simyog‘och xarid qilingani, ularning 10 donasi Parkent tuman elektr tarmoqlari korxonasi ko‘magida o‘rnatilgani, qolgan 20 dona simyog‘ochni almashtirish bo‘yicha holatini o‘rganib, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularni yakunlash muddatlari to‘g‘risida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan edi.

⏺Mazkur deputatlik so‘roviga Parkent tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

⏺Taqdim etilgan javobda ma’lum qilinishicha, deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan masala Parkent tuman elektr ta’minoti tomonidan o‘rganib chiqilgan.
⏺Javobda “Bodomtepa” MFY hududidagi murojaat manzili tuman elektr ta’minoti tasarrufidagi 169-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV havo tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanishi qayd etilgan. Shuningdek, murojaat yuzasidan homiylar tomonidan elektr ustunlari ajratilib, o‘rnatilgani hamda hozirgi kunda sim tortish ishlari amalga oshirilayotgani ma’lum qilingan.

✅Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan Parkent tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, hududdagi sim tortish ishlarining yakunlanishi kuzatib boriladi. 👀

Slide 1 of 6