Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Okrugda o'rganish

🏫 35-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi kotibiyat mudiri A. Sobirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S. Boboyev tomonidan 18-Bo‘ston saylov okrugi hududida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, qozonxonalarning texnik holati, issiqlik tarmoqlari, deraza va eshiklarning sozligi, shuningdek, hududni obodonlashtirish va sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🌡 Shuningdek, sovuq mavsumda o‘quvchilarga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, sinfxonalarda belgilangan haroratni ta’minlash, qozonxonalarni mavsum davomida uzluksiz ishlatishga tayyor holatda saqlash masalalari ko‘zdan kechirildi.

🧹 Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari, kuz-qish mavsumida foydalaniladigan zarur jihoz va vositalarning tayyorgarlik holati ham o‘rganildi.

📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish tizimlaridan samarali foydalanish hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim sharoitlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi kotibiyati tomonidan ta’lim muassasalarining mavsumiy tayyorgarlik holatini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

Slide 1 of 1