Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida


Aholi murojaatlarini o‘rganish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “7-Bog‘ishamol” saylov okrugida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat davomida “Bog‘ishamol” mahallasida, I.Karimov ko‘chasidagi 197-sonli ko‘p qavatli uy aholisi bilan muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaat markazida — ichki yo‘llar muammosi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, 1-sonli oilaviy poliklinika atrofi hamda unga qarama-qarshi joylashgan ko‘p qavatli uylar oralig‘idagi ichki yo‘llar ta’mirtalab holatga kelgan.
Asfalt qoplamasining yo‘qligi yoki yaroqsizligi, ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida loy va ko‘lmaklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa hudud aholisi bilan bir qatorda poliklinikaga murojaat qiluvchi keksalar, homilador ayollar, bemorlar va yosh bolalar uchun ham jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Muammo deputat so‘rovi orqali mas’ullar e’tiboriga yo‘naltirildi.
Deputat tomonidan mas’ullarga:

ichki yo‘llarning holatini joyiga chiqqan holda mutaxassislar ishtirokida o‘rganish;

mavjud muammoni bartaraf etish, yo‘llarni asfaltlash yoki asfalt qoplamasi yotqizish choralarini ko‘rish;

amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova tomonidan belgilangan muddatda matasaddi tashkilot rahbarlariga batafsil axborot taqdim etish vazifalari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi. Uning asosiy maqsadi fuqarolar murojaatining amaliy yechimini ta’minlashdir.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan har bir masala — hududdagi real muammolarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun muhim asosdir.

Xalq bilan muloqot — muammoni eshitish, nazorat esa uning yechimini talab qilishdir.