Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN EHTIYOJMAND OILALARDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Qudratov tomonidan Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining VII-18-33-3-54-K/26-son qarori ijrosi asosida amalga oshirilgan ishlar holati o'rganildi.

Unga ko‘ra, Yangiobod tumanidagi I guruh nogironligi mavjud bo‘lgan 7 ta ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

Mazkur xonadonlarning devor va tom qismlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklarni o‘rnatish, shuningdek, quyosh panellari yoki geliokollektorlar bilan jihozlash ishlari uchun tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 433 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘rganish jarayonida ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, xonadonlarda yaratilayotgan sharoit, bajarilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar holati bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Fuqarolar bilan suhbat davomida ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, xonadon sharoitini yaxshilash hamda energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari yuzasidan fikr almashildi.

Energiya tejamkor deraza va eshiklar, devor va tom qismlarini izolyatsiya qilish, quyosh panellari yoki geliokollektorlarni o‘rnatish orqali xonadonlarda issiqlikni saqlash va energiyadan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur ishlarning asosiy maqsadi — ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, energiya xarajatlarini kamaytirishga ko‘maklashish hamda xonadonlarda qulay va zamonaviy sharoit yaratishdan iborat.

Slide 1 of 4