Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Gulmatov tomonidan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 3-“Yangi qishloq” saylov okrugi deputati Z.Allayarovaning saylov okrugiga qarashli “Xalqobod” mahallasida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 24 ta tavsiyaning 5-yo‘nalishi — mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, ijtimoiy xodimning aholi bilan ishlash samaradorligi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda zarur ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan ta’minlash borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1