Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Fuqaro_muammosi
🏘 Aholi muammolari — deputat e’tiborida


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 21-G‘urjak saylov okrugi deputati Z.Eshmurodova tomonidan G‘urjak-1 mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🎯 Uchrashuvning asosiy maqsadi — hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni o‘rganish, ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud masalalarni hal etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

🗣 Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Deputat tomonidan har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari o‘rganildi.

🤝 Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish, ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolar murojaatlarining ijobiy yechim topishini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

📌 Aholi bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2