Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida tashkil etilgan Vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishgani mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar, ularning xavfsizligi va farovonligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

🌏Vaziyatlar markazining zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni tezkor monitoring qilish va ularga o‘z vaqtida munosabat bildirish imkonini berishi muhim ahamiyatga ega.

🌏Deputat sifatida men bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayman. Ayniqsa, yoshlarning ta’lim olishi, yashashi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🌏Bu kabi zamonaviy boshqaruv va monitoring tizimlari hududlarda ham samarali yo‘lga qo‘yilib, yoshlar bilan ishlash sifatini yanada oshirishiga ishonaman.

Latofat Behbudova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi,