Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 20-“Foziltepa” saylov okrugi deputati Iftixor Ziyoyev Uchtepa tumanidagi 244-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning bugungi holati hamda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

🔺 O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya olishi, ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, muassasaning moddiy-texnik va infratuzilmaviy holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ayni paytda mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida 270 nafar bolajon tarbiyalanmoqda.

🏗 1979-yilda qurilgan ushbu muassasa hozirga qadar kapital ta’mirdan chiqarilmagan. Joyiga chiqib o‘rganish davomida binoning issiqlik tizimi, tom va fasad qismlari, shuningdek, muassasa hududidagi yo‘laklar ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.

♨️ Ayniqsa, kuz-qish mavsumi oldidan isitish tizimining holati alohida ko‘rib chiqildi. Bolalarning sovuq mavsumda issiq va xavfsiz sharoitda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash uchun mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

📝 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, ijtimoiy obyektlarning moddiy-texnik holatiga e’tibor qaratish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini bevosita joyida ko‘rib chiqish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

💰 O‘rganish natijasida Iftixor Ziyoyev deputatlik tashabbuslari uchun ajratilgan 1 milliard so‘m mablag‘ni 244-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur mablag‘ hisobidan, avvalo, issiqlik tizimini ta’mirlash, binoning tom qismini yaxshilash hamda hudud yo‘laklarini asfaltlash ko‘zda tutilmoqda.

🔎 Deputat ta’lim muassasalaridagi muammolarni faqat hujjatlar asosida emas, balki joyiga chiqib o‘rganish, bolalar va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni amalda ko‘rish hamda aniqlangan kamchiliklarga manzilli yechim topish muhimligini qayd etdi.

🌱 Amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari 244-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 270 nafar bolajon uchun yanada qulay, xavfsiz va munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10