Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Ekspert_guruhi_faoliyati Daragiston mahallasida sport obyektlarining holati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_Ekspert_guruhi_faoliyati
Daragiston mahallasida sport obyektlarining holati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “18-Shoqishloq” saylov okrugidan saylangan deputati F.Yusupov, tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” a’zosi M.Normo‘minova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan Daragiston mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganish tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududdagi sport infratuzilmasining mavjud holatini o‘rganish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida, Daragiston mahallasida joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabidagi mavjud sport maydonchalari holati bilan yaqindan tanishildi. Sport maydonchalarining bugungi kundagi foydalanish holati, jihozlanganlik darajasi, mavjud sharoitlar hamda ularning o‘quvchi-yoshlar uchun qulayligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sport maydonchalarining holatini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday o‘rganishlar kelgusida ham davom ettirilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 3