Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHINING VII CHAQIRIQ 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI» MINI-FUTBOL MUSOBAQASI YAKUNLANDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri
O. Tursunov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi
Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xo‘jaqiya-1 mahalla hududida joylashgan 9-son umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, jumladan, issiqlik tizimi, isitish qurilmalari, elektr ta’minoti va mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

▪️ Maktab binosida o‘quvchilar va pedagoglar uchun zarur bo‘lgan qulay sharoitlarni yaratish, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3