Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#19_1_modda

Tuman markazidagi “Vatanparvar bog‘i”ga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, bolalarning maroqli hordiq chiqarishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun bog‘ hududiga turli ertak qahramonlari aks ettirilgan haykalchalar o‘rnatilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish maqsadida tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 22-iyuldagi 02/308-sonli xati hamda Toyloq tumani Kengashining 2026-yil 28-avgustdagi VII-29-94-7-104-K/26-sonli “Toyloq tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tegishli mablag‘lar ajratilgan.

🔍Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish maqsadida tuman Kengashi deputati, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Farhod Siddiqov hamda tuman Kengashi deputati Azamat Usmonov tomonidan “Vatanparvar bog‘i”da o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida bajarilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ajratilgan mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini sifatli davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3