Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

👥 Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati Allanova Gulbahor Yeskabulovna tomonidan “Yo‘lchilar” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganishlar davomida hudud aholisini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda ayrim muammolar, jumladan, gaz ballonlarini o‘z vaqtida olishdagi qiyinchiliklar hamda gaz tarqatish punktlarining fuqarolar uchun qulay joylashmagani aniqlangan.

📨 Shu munosabat bilan mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida “Uchquduqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda:
🔹 gaz ballonlarini aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish;
🔹 suyultirilgan gazni belgilangan me’yor va tartiblarga rioya qilgan holda ballonlarga to‘ldirish;
🔹 gaz tarqatish punktlarini hudud va aholi ehtiyojidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish;
🔹 fuqarolarga qulay bo‘lgan qo‘shimcha tarqatish punktlarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalalari ko‘rsatib o‘tildi.

⏳ Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.