Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSH Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qilgani mamlakatimiz tashqi siyosatida AQSH bilan o‘zaro manfaatli va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganining muhim ifodasidir.
✔️Bunday uchrashuvlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi umumiy maqsadlarni ilgari surish uchun muhim ahamiyatga ega.
✔️Ayniqsa, Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha AQSH Kongressidagi hamkorlikning kuchayishi mintaqamiz davlatlarining o‘zaro hamjihatligi, iqtisodiy salohiyati va xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
✔️Deputat sifatida mazkur muloqotni O‘zbekistonning ochiq, pragmatik va o‘zaro manfaatli tashqi siyosati natijasi sifatida baholayman. Ishonchga asoslangan parlamentlararo va davlatlararo aloqalar xalqlarimiz farovonligi, iqtisodiy taraqqiyot va mintaqaviy barqarorlikka xizmat qilishiga ishonaman.

B.Yusupov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati