Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Madaniy meros obyektlarini asrash — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O. SHerov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Qazoqon mahallasidagi madaniy meros obyektlaridan biri — «Qizbibi» ziyoratgohida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan ta’mirlash va tiklash ishlari bilan tanishdilar.
➡️Tashrif davomida ziyoratgohning bugungi holati, obyektda olib borilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining sifati hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
➡️«Qizbibi» ziyoratgohi mahallaning tarixiy-madaniy merosini o‘zida mujassam etgan qadimiy maskanlardan biri sifatida alohida ahamiyatga ega. Bunday obyektlarni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga asl qiyofasini saqlagan holda yetkazish muhim vazifalardan sanaladi.
➡️Muloqot davomida obyektni yanada obodonlashtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlarni yaxshilash hamda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
➡️Deputatning saylov okrugidagi bunday o‘rganishlari hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, tarixiy obidalarni asrash va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6