Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#Qaror ijrosi deputatlik nazoratida

#Qaror ijrosi deputatlik nazoratida

Inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 2026-yil 13-avgustdagi VII-32-48-10-143-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tuman hududidagi umumta’lim maktablarida inklyuziv muhitni yaratish hamda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 7-Fayzobod saylov okrugi deputati Dushayeva Nazokat Sharofitdinovna tomonidan 66-sonli umumta’lim maktabida mazkur qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim muhitining moslashtirilgani hamda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun zarur imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ta’limda teng imkoniyatlarni yaratish va inklyuziv muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 5