Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
“Kalvak” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Mazkur qabulni tashkil etishda 

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Qabul davomida Qo‘qon shahar “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘ini A.Umarxon ko‘chasi 279-uyda yashovchi fuqaro Xudayqulova Gulnoraxon hamda A.Umarxon ko‘chasi 281-uyda yashovchi fuqaro Mo‘ydinov O‘ktamjon tomonidan murojaatlar bildirildi.

Fuqarolar o‘z murojaatlarida A.Umarxon ko‘chasining 360 kvadrat metr qismini asfaltlashtirish masalasini ko‘tarib, yo‘lni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizilishida amaliy yordam so‘radilar.

Mazkur murojaat deputat F.Qaxxarova tomonidan nazoratga olindi. Masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda belgilangan tartibda o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda murojaatni ijobiy hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9