Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #ekspert_guruhlari #Doimiy_komissiya_nazorati

Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida

📈 Uchtepa tumani Yu.Sakkokiy mahallasining Toshkandiy 1-tor ko‘chasida ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya holati bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan murojaat deputatlik nazoratiga olindi.

⚙️ Murojaat asosida Uchtepa tumani "SUVSOZ" korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida avariya holatining sabablari, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda ichimlik suvi ta’minotini tez fursatda tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

💼 Mazkur jarayonda doimiy komissiya a’zolari Xudayberganov Avaz Abrarovich va Djalolov Sanjar Gayratovich, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

📇 Fuqarolar murojaati — e’tibordan chetda qolmaydi. Aholini qiynayotgan kommunal muammolarni joyida o‘rganish, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5