Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
#haftalik_ish_reja #162_qonun #yoshlar_maslahat_guruhi 🏛️Termiz shahar Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat" guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi!

🗣Yurtimizda yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatiga yosh avlod vakillarini keng jalb etish choralari izchil davom ettirilmoqda.

⏺Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilishni o‘tkazdi.

💬Uchrashuvda dastlab deputat tomonidan bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida yaratilayotgan keng sharoitlar va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

💬Shuningdek, guruh a’zolariga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va hayotiy ahamiyati atroflicha tushuntirildi. Yoshlar maslahat guruhi o'z faoliyatida hamda yoshlar bilan muloqotlarda ushbu qonun talablariga qat’iy tayanishi lozimligi qayd etildi.

💬Yig‘ilish kun tartibida guruh faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha quyidagi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi:

 

🟢Guruh faoliyatini jonlantirish: Yoshlar maslahat guruhining shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiya yig‘ilishlarida yoshlar muammolari va tashabbuslariga doir takliflar bilan faol ishtirok etishini ta'minlash;

 

🟢Deputatlarga biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlash: Mahallalardagi ehtiyojmand va "og‘ir" toifadagi yoshlar muammolarini o‘rganishda deputatlarga ko‘makchi bo‘lish, "ustoz-shogird" an’anasi doirasida uchrashuvlarni tashkil etish;

 

🟢Yangi amaliy g‘oyalar tashabbuskori bo‘lish: Shaharda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni raqamli texnologiyalar (IT), tadbirkorlik va hunarmandchilikka yo‘naltirishga qaratilgan amaliy loyihalarni ishlab chiqish.

💬"Yoshlar maslahat guruhi — bu shunchaki rasmiy nom emas, balki shahrimiz taraqqiyoti hamda Kengashimiz faoliyatini yeni g‘oyalar bilan boyituvchi asosiy kuchdir. Sizlar qonunda belgilangan huquqlardan unumli foydalanib, har bir deputatning yonida eng faol ko‘makchi bo‘lishingiz, tengdoshlaringizni qiynayotgan muammolarni tizimli ravishda Kengash minbariga olib chiqishingiz lozim," — deya ta'kidladi deputat.

Slide 1 of 2