Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Bo‘rloq mahallasida infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Bo‘rloq mahallasida infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. Baymuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Bo‘rloq mahallasida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori asosida Bo‘rloq mahallasi infratuzilmasini rivojlantirish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan 5 milliard so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi loyihasi doirasida 2026-yil dasturiga muvofiq Obod ko‘chasida 1,5 km piyodalar yo‘lakchasi, Nurli hayot va Amirqum ko‘chalarida jami 3,5 km asfalt qoplamasi, shuningdek, asosiy yo‘l bo‘ylab 96 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgani qayd etildi.
Shuningdek, Obod ko‘chasining 80 metr qismida yopiq drenaj tizimini barpo etish hamda 1,5 km uzunlikdagi ariqlarni betonlashtirish ishlari davom etayotgani o‘rganildi.

Slide 1 of 1