Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazoratda

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #ekspert_guruhlari #Doimiy_komissiya_nazorati #deputatlik_guruhlari

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazoratda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi a'zosi, “10-Oqmachit” saylov okrugi deputati Abdullayev Farxod Ravshanovich tashabbusi bilan okrug hududidagi Quyi Darxon mahallasi Chevar ko‘chasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📈 O‘rganish jarayonida “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan hududdagi issiqlik ta’minoti tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

📁 Mazkur ishlarni xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🕯 O‘rganish davomida kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, issiqlik tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva, Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

📆 Mas’ullarga mavsumga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

⚙️ Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda kommunal xizmatlar faoliyatini samarali tashkil etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5