Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi

Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish, deputatlarning hududdagi faoliyatini tahlil qilish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-“Bandixon” saylov okrugi deputat X.Abdimo'minovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Bandixon mfyga tashrif buyurib, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi ishlar va mavjud muammolarni muhokama qildilar.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida mahalla raisi tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning ta’mirga ehtiyoji, ayrim ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurati hamda elektr energiyasi ta’minotida uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammolar yechimini nazoratga olish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, mahalla faoliyatini samarali tashkil etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida deputat va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash, hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 2