Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
#tavsiyalar
#qonun_162
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-363, Qabul qilingan sana 27.12.2013-yildagi Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonunga asosan, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, J. To‘rayev hamda Kengash bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Abdulla Qodiriy MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarda maishiy chiqindilarni olib chiqish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish holati, chiqindi to‘plash maydonlarining sanitariya holati hamda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning bu boradagi fikr-mulohazalari o‘rganildi.

Aholi bilan suhbatlar davomida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarda tozalik va sanitariya holatini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 5