Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R. Shamanov saylangan Mustaqillik MFY hududida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan amalga oshirildi.

Jarayon davomida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining mavjud muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarning amaliy ijrosiga e’tibor qaratildi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar:

🔹 hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini muntazam o‘rganib borish;

🔹 kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha har bir oila bilan manzilli va individual ishlashni kuchaytirish;

🔹 ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbai bilan ta’minlash;

🔹 tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish;

🔹 ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish;

🔹 amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini deputatlik nazorati asosida o‘rganib borish tavsiya etildi.

Slide 1 of 2