Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
“SUKETTI” OFYDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Turmaxanov tomonidan deputatlik faoliyati doirasida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Suketti” OFY profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👥 Shuningdek, aholi bilan “xonadonbay” ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

🛡️ Mahallada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, turli salbiy holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni erta aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📌 Shu bilan birga, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash, profilaktika inspektorining mahalla faollari va “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. 

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Deputatlik nazorati — mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash, aholi osoyishtaligini mustahkamlash hamda mavjud muammolarni joyida aniqlab, ularning yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1