Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
“SHIELI” OFYDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFY yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni manzilli hal etish, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

👥 Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda turli sport, madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlarga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

📌 “Yoshlar daftari” bilan ishlash, ehtiyojmand yoshlarni aniqlash va ularga mavjud imkoniyatlardan foydalanishda ko‘maklashish, shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

💼 Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga yo‘naltirish yoshlar yetakchisi faoliyatining muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, har bir yoshning qiziqishi va muammosidan kelib chiqib manzilli yondashish, bandligini ta’minlash hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Yoshlar bilan samarali ishlash — ularning kelajagini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va jamiyatdagi faolligini oshirishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3