Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI AMALIY ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan Qo‘shko‘pir mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan faoliyat rejasi doirasida navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.
O‘rganish davomida “Ochiq budjet” (Open Budget) portali orqali 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida Qo‘shko‘pir mahallasining ichki ko‘chalarida amalga oshirilgan ishlarning holati joyiga chiqib nazorat qilindi.
ASOSIY E’TIBOR — AHOLI MANFAATIGA
Nazorat jarayonida loyiha doirasida bajarilgan ishlarning amaldagi holati, belgilangan hududlarni qamrab olganligi, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilgani hamda yaratilgan infratuzilmaning aholiga qulaylik yaratish darajasi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ularning fikr-mulohazalari va takliflari o‘rganildi.
“Ochiq budjet” tizimi orqali fuqarolar tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar mahallalarda mavjud muammolarni manzilli hal etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va hudud infratuzilmasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Deputatlik nazorati davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, ishlarning samaradorligi hamda natijadorligini ta’minlash masalalari nazoratga olindi.
Deputatlik nazorati — xalq mablag‘larining maqsadli sarflanishi va har bir loyiha aholiga amaliy naf keltirishining muhim kafolatidir.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram

Slide 1 of 5