Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
GERMANIYADAN 165 BOSH NASLLI QORAMOL OLIB KELINDI
янв.21
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish: amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
янв.21
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI
янв.21
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI
“Tashabbusli byudjet” - 20-DMTTdagi loyiha joyiga chiqib o‘rganildi

#deputatlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #Open_byudjet #Doimiy_komissiyalar_nazorati #ekspert_guruhlari

“Tashabbusli byudjet” - 20-DMTTdagi loyiha joyiga chiqib o‘rganildi

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zolari Avaz Xudayberganov va Sanjar Djalolov tomonidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi doirasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 O‘rganish ishlari tumandagi 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) amalga oshirildi. Mazkur loyiha ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilmagan bo‘lsa-da, bolalar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilash hamda muassasaning mavjud infratuzilmasini rivojlantirish nuqtayi nazaridan ijtimoiy ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

🔎 O‘rganish davomida 20-DMTT hududining bugungi holati, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik baza, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda loyiha doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlarning dolzarbligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

⚙️ Shuningdek, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay muhit yaratish, hududni obodonlashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash Ekspert guruhi a’zolari hamda 20-DMTT rahbariyati ishtirok etdilar.

📈  “Tashabbusli byudjet” — fuqarolarning o‘z hududidagi muammolarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish va mahalliy rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etish imkonini beruvchi muhim mexanizmdir. G‘olib bo‘lmagan tashabbuslarni ham joyiga chiqib o‘rganish orqali aholining ehtiyojlari va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarning istiqbollari baholanmoqda.

Slide 1 of 5