Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova Oʻrikzor mahallasida 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida deputat oʻz faoliyati, tuman Kengashi sessiyalarida koʻrib chiqilgan masalalar hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, mahalladagi dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, Oʻrikzor mahallasi "ogʻir" toifaga kiritilgani munosabati bilan hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🤝 Saylovchilar bilan ochiq muloqot va muammolarni joyida oʻrganish — samarali deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.