35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQBOLLI LOYIHALARNING AMALGA OSHIRILISHI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
QO‘QONBOY MAHALLASIDA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT VA DORI VOSITALARI TA'MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
янв.21
HUDUDDA AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA

Furqat tumanida infratuzilma ob’ektlarini o‘rganish ishlari davomida nafaqat qurilishning yakunlangan holati, balki yaratilgan imkoniyatlardan keyinchalik qanday samarali foydalanilishi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Chirkay MFYdagi yopiq sun’iy maysali mini-stadion ham shu nuqtai nazardan ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Kotibiyat mudiri Iftixorjon Jo‘raev Abdumuxtorovich hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Elchieva Nafisaxon Tohirovna ishtirok etdi.

Tegishli ishchi guruh bilan birgalikda savolnoma asosida o‘tkazilgan o‘rganishda ob’ektning texnik holati, sport maydonidan foydalanish imkoniyatlari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik va ob’ektni saqlash masalalari tahlil qilindi.

Mazkur ob’ektda rekonstruksiya ishlari 2 milliard 619 million so‘m qiymatda amalga oshirilib, bugungi kunda 100 foiz yakunlangan.

Endi asosiy vazifa — mazkur mablag‘ va mehnat evaziga barpo etilgan ob’ektdan to‘g‘ri va samarali foydalanish.

Shu maqsadda mini-stadionda mahalla yoshlari o‘rtasida muntazam sport mashg‘ulotlari va musobaqalar tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va sportga qiziquvchilar sonini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Ayni paytda mazkur maydonda «XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGAShI KUBOGI» musobaqasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ham ob’ektdan maqsadli foydalanishning amaliy namunasidir.

O‘rganish yakunida mas’ullarga sport inshootini asrab-avaylash, uning texnik holatini doimiy nazorat qilish va yoshlar uchun muntazam faoliyat yuritadigan sport maskaniga aylantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yaratilgan infratuzilma — imkoniyat. Uni samarali ishlatish esa jamoaviy mas’uliyat.