Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj.Shaxmayev xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida "Mis Parvina TEK" tikuvchilik korxonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida korxona faoliyati, yaratilgan ish oʻrinlari hamda mahalla xotin-qizlarini doimiy bandlik bilan taʼminlash yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
🤝 Xotin-qizlar bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi ishlar deputat eʼtiborida.