35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди
янв.21
“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!
янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navbahor" mahallasida xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ishi o‘rganildi

Bandixon tumanida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 6-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat K.Amanqulovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Navbahor" MFYda bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimning ish faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganishlar deputatlik faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi hamda O‘RQ–561, O‘RQ–562-sonli Qonunlar hamda “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun talablari yuzasidan tuzilgan savolnomalar asosida olib borildi.

Monitoring davomida xotin-qizlar bandligi, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, muammoli oilalar bilan profilaktik ishlarni olib borish hamda ijtimoiy xizmatlarning manzilliligini ta’minlash masalalari tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3