35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди
янв.21
“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!
янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
“Azlarsoy” mahallasida investitsiyaviy loyiha o‘rganildi

O‘rganish “Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” bo‘yicha 22-band — “Hududdagi investitsiyalar holati” doirasida amalga oshirildi.
Jarayon davomida mahallada investitsiya va sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan loyihalardan biri — zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan asfaltbeton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur korxona soatiga 120 tonna, yiliga esa 850 ming tonna asfaltbeton mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 20 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Bunday investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishi hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahallaning sanoat infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘rganish davomida loyihaning amaldagi faoliyati, ishlab chiqarish quvvati va yaratilgan ish o‘rinlari holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3