35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди
янв.21
“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!
янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
ISHCHI GURUH TUZILIB, SEYSMIK XAVFSIZLIK BO‘YICHA O‘RGANISH BOSHLANDI

ISHCHI GURUH TUZILIB, SEYSMIK XAVFSIZLIK BO‘YICHA O‘RGANISH BOSHLANDI
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19¹-moddasi 3-bandiga muvofiq, doimiy komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida ishchi guruhlar tuzishi hamda ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlarni jalb etishi mumkin.
Shu asosda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 405-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan tumandagi bino va inshootlarning texnik holati, seysmik mustahkamligi hamda elektron texnik pasportlar bilan ta’minlanganlik holati kompleks o‘rganiladi.
Mazkur ishchi guruh tarkibiga deputatlar bilan bir qatorda tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi hamda Kadastr agentligi tuman bo‘limi mutaxassislari jalb etildi.
📌 Ishchi guruh tomonidan:
▪️ bino va inshootlarning texnik holati;
▪️ seysmik mustahkamlik darajasi;
▪️ elektron texnik pasportlarning shakllantirilganligi;
▪️ pasportlardagi ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi;
▪️ seysmik xavf nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab qiladigan obyektlar;
▪️ texnik holati qoniqarsiz yoki mustahkamlashga muhtoj binolar
o‘rganiladi.

Slide 1 of 2