35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YANGI ISH O‘RINLARI — AHOLI FAROVONLIGI UCHUN MUHIM QADAM
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг навбатдаги XXIV сессияси бўлиб ўтди
янв.21
“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!
янв.21
SPORT INFRATUZILMASIDAN SAMARALI FOYDALANISH — ASOSIY VAZIFA
янв.21
«XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI»GA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
CHIRKAY MFYDA ZAMONAVIY MINI-STADION HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
ISTIQLOL MFYDAGI INFRATUZILMA LOYIHASIDA MUHIM KAMCHILIK ANIQLANDI
янв.21
KANALIZATSIYA TARMOG‘I LOYIHASI: 28 MILLIARD SO‘MDAN ORTIQ QIYMATDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Yangi ta’lim maskanlari — kelajak poydevori

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida yurtimizda, xususan, Surxondaryo viloyatida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari barchamizga katta quvonch bag‘ishlamoqda.

Sherobod tumanida 10 dan ortiq maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining foydalanishga topshirilgani — farzandlarimiz uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Yangi ta’lim maskanlarida yaratilgan imkoniyatlar yosh avlodning puxta bilim olishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Zero, ta’limga kiritilgan har bir sarmoya — kelajakka kiritilgan sarmoyadir.

Tumanimizda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi sifatida minnatdorchilik bildiraman.

Yangi ta’lim maskanlari farzandlarimizga muborak bo‘lsin! Ularning har birida bilimga chanqoq, Vatanga sadoqatli va yurtimiz kelajagini bunyod etadigan yoshlar kamol topishiga tilakdoshman.

Eshonqulov Sanjar To‘xtayevich
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati
1-Yangiturmush saylov okrugi deputati

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1